|
AGENTLIK HAQIDA
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 iyuldagi 296-sonli qarori bilan tashkil etilgan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organidir.
Agentlikning vazifalari va vakolatlari yuqorida qayd etilgan qaror, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 245-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori hamda boshqa qator hukumat qarorlari bilan belgilab berilgan.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari:
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta`minlash;
- iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo`lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalg oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
- avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlash;
- avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o`tkazish;
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
- avtomobil va daryo transportida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
- mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik paytida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko`maklashish.
YANGILIKLAR
04 Mart 2010 19:53
Nukus shahridagi "Sanjar" ko`p tarmoqli xususiy firmasi tomonidan o`z mablag`lari hisobidan sotib olingan yetti dona "Damas" rusumli avtomobillar Qo`ng`irot shahridagi "Avtoboshbekat - Jana talap elati" yo`nalishli taksi yo`nalishiga chiqarildi.
03 Mart 2010 18:21
Jizzax viloyatida joriy yilning o`tgan qisqa davri mobaynida aholidan tushgan takliflarni inobatga olgan holda to`rtta yangi avtobus va yo`nalishli taksi yo`nalishlari ochilib, aholiga sifatli avtotransport xizmati ko`rsatila boshlandi.
25 Fevral 2010 18:48
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Samarqand hududiy bo`limida viloyatdagi transport kollejlarining 2009-2010 o`quv yili bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash masalasiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.Unda transport sohasiga ixtisoslashgan oltita kollej hamda avtotransport faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
|