|
AGENTLIK HAQIDA
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 iyuldagi 296-sonli qarori bilan tashkil etilgan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organidir.
Agentlikning vazifalari va vakolatlari yuqorida qayd etilgan qaror, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 245-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori hamda boshqa qator hukumat qarorlari bilan belgilab berilgan.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari:
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta`minlash;
- iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo`lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalg oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
- avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlash;
- avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o`tkazish;
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
- avtomobil va daryo transportida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
- mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik paytida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko`maklashish.
YANGILIKLAR
23 Yanvar 2012 18:00
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik hay’ati a’zolari, bo‘lim va xizmatlari, hududiy bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.
14 Yanvar 2012 18:35
O’zbekiston Respublikasi IIV Toshkent viloyati YHXB binosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
15 Dekabr 2011 15:31
Farg‘ona viloyatida tadbirkorlarning avtotransport xizmatiga sarmoya kiritishga bo‘lgan qiziqishi evaziga yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda.
|