rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI HAY`ATI

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi "O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 118-sonli qarori asosida tashkil topgan. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati to`g`risidagi Nizom O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i - hay`at raisi tomonidan 2004 yil 9 martda tasdiqlangan.

Hay`at avtomobil va daryo transporti kelajagi va sohani rivojlantirish rejalari, Agentlik hududiy bo`limlarining soha ichida va respublikalararo aloqalariga doir faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobil va daryo transporti sohasida ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini belgilab olish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog`liq muhim masalalarni ko`rib chiqadi.

Hay`at majlislarida Agentlik tizimiga kiruvchi rahbar kadrlarni joylashtirish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`atining shaxsiy tarkibi 5 kishidan iborat bo`lib, u O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan:

1. Abduvaliyev Abdurahmon Abdulhayevich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i - hay`at raisi
2. Shovahobov Shoolim Shomansurovich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i o`rinbosari
3. Sagatov Sunnat To`laganovich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot-tahlil guruhi rahbari
4. Erbekov Sherbek Ismoilovich - Avtomobil va daryo transporti rivojini me`yoriy-texnik ta`minlash Respublika Markazi bosh direktori




_____________________________
Yangilangan sana: 12.10.2011 14:02

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM