|
FUQAROLARNI
QABUL QILISH, ULARNING SHIKOYATLARI VA BOSHQA MUROJAATLARINI
KO`RIB CHIQISH TARTIBI, ALOQA QILISH UCHUN MA`LUMOTLAR, MAS`UL
SHAXSLAR
Fuqarolarni qabul qilish, ularning
shikoyatlari va boshqa murojaatlarini ko`rib chiqish O`zbekiston
Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi qonuni
hamda "O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi devonida
hamda uning hududiy bo`limlarida fuqarolar murojaatlari buyicha ish
yuritishni olib borish to`g`risida Nizom"ga asosan amalga oshiriladi.
Fuqarolarni qabul qilish Agentlik
va uning hududiy bo`limlari, tashkilotlari rahbarlari va o`zga
mansabdor shaxslar mulkchilik shaklidan qat`iy nazar fuqarolarni
shaxsan qabul qilishni o`tkazishga majburdirlar. Qabul muntazam ravishda, fuqarolar uchun qulay bo`lgan belgilangan kun va soatlarda o`tkaziladi. Fuqarolarning og`zaki murojaatlari va ularni ko`rib chiqish natijalari ro`yxatga olinadi. Fuqarolarni qabul qilish tartibi Agentlik va uning hududiy bo`limlari rahbarlari tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shaxsan qabul qilinganda ularning yozma va og`zaki takliflari, arizalari va shikoyatlari ro`yxatga olinadi. Fuqarolarning
barcha takliflari, arizalari va shikoyatlariga og`zaki shaklda javob
berilgan holda bu haqda ro`yxatga olish-nazorat kartochkasiga tegishli
yozuv qayd etiladi.
Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini ko`rib chiqish Fuqarolarning
shikoyatlari va boshqa murojaatlari O`zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi. Bu murojaatlarda
fuqaroning familiyasi, ismi-sharifi, turar joyi haqidagi ma`lumotlar
ko`rsatilgan bo`lishi, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon
etilgan bo`lishi kerak. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining
ismi), yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilmagan yoki u
haqda soxta ma`lumotlar ko`rsatilgan, shuningdek, imzo qo`yilmagan
yozma murojaatlar O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning
murojaatlari to`g`risida"gi qonuni 6-moddasiga muvofiq anonim
hisoblanadi va ko`rib chiqilmaydi. Qo`yilgan masalalarni hal etish
Agentlik vakolatiga kirmagan taqdirda murojaat 5 kundan kechiktirilmay
tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga yuboriladi va bu haqda
fuqaroga xabar qilinadi. Agar murojaatda tegishli organlar yoki
mansabdor shaxslarga yuborish uchun zarur ma`lumotlar bo`lmasa, ular
xuddi shu muddatda tegishli tushuntirishlar bilan fuqarolarga
qaytariladi. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
devoni va hududiy bo`limlarida fuqarolarning takliflari, arizalari va
shikoyatlari bo`yicha ish yuritish kartochka tizimi yoki maxsus
komp`yuter dasturi bo`yicha maxsus tayinlangan mansabdar shaxslar
tomonidan olib boriladi. Fuqarolarning kelib tushayotgan barcha
takliflari, arizalari va shikoyatlari qabul qilinadi u kelib tushgan
kuni komp`yuter dasturida yoki ro`yxatga olish-nazorat kartochkalarida
markazlashtirilgan tarzda ro`yxatga olinadi. Agentlik devoni va
hududiy bo`limlarida fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi
talablarga rioya etilishi ustidan nazorat kilish Agentlik va mazkur
bo`limlar rahbarlarining buyruqlariga muvofiq belgilangan mansabdor
shaxslar zimmasiga yuklanadi. Turli manzillardan yuborilgan taklif,
ariza, shikoyatni ko`rib chiqish natijalarini xabar kilishni talab
etadigan fuqarolarning xatlari alohida nazoratga olinadi. Oraliq
javoblari berilgan fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari
nazoratdan chiqarilmaydi. Taklif, shikoyat arizani hal etish yuzasidan
qaror chiqarilganda va batafsil choralar ko`rilgandan keyingina nazorat
tugallanadi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlarini
nazoratdan chiqarish to`g`risidagi qarorni faqat topshiriqni imzolagan
rahbarlar va ularning o`rinbosarlari, ular yo`q bo`lgan holda —
ularning vazifasini bajarayotgan mansabdor shaxslar qabul qiladilar. Fuqarolarning
takliflari, arizalari va shikoyatlariga javoblarni Agentlik
rahbariyati, hududiy bo`limlarning rahbarlari beradilar.
Shikoyat bilan murojaat kilgan fuqaro quyidagi huquqlarga ega: — shikoyatni tekshirayotgan shaxsga dalil-isbotlarini shaxsan bayon etish; —
"Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonunning 4-moddasi
talablariga rioya etgan holda tekshirish materiallari bilan tanishish; —
shikoyatni ko`rib chiqayotgan organga qo`shimcha materiallarni taqdim
etish yoki bu organning uni talab qilib olishini iltimos qilish; — advokat yoxud o`zga shaxs xizmatlaridan foydalanish; — imkoniyatni ko`rib chiqish natijalari to`g`risida yozma javob olish.
Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlari bo`yicha ma`lumot berish Agentlik
va uning hududiy bo`limlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar
o`z vakolatlari chegarasida fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari
va qabul qilingan qaror mohiyati yuzasidan yozma xabar berishga
majburdirlar. Qo`yilgan barcha masalalar ko`rib chiqilgan, ular
yuzasidan amaldagi qonunlarga mos keladigan zarur choralar ko`rilgan va
batafsil javoblar berilgan taqdirdagina fuqarolarning takliflari,
arizalari hamda shikoyatlari hal etilgan hisoblanadi. Arizada bayon
etilgan talablarni qondirishni rad etish fuqaro ma`lumotiga yozma
shaklda rad etish dalillarini keltirish orqali yetkaziladi. Agentlik
devoni va hududiy bo`limlari rahbarlari yoki ularning topshirig`i
bo`yicha boshqa mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari va qonun
muhofaza qiladigan manfaatlarining buzilishini keltirib chiqaradigan
sabablarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ishni
takomillashtirish maqsadida fuqarolar takliflari, arizalari va
shikoyatlarini, ulardagi mavjud amaliy mulohazalarni muntazam ravishda
tahlil etib boradilar.
Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlari bo`yicha to`plangan hujjatlarni saqlash Fuqarolar
takliflari, arizalari, shikoyatlarining asl nusxalari ular hal
etilgandan so`ng ularga taalluqli bo`lgan barcha materiallar va
ro`yxatga olish-nazorat kartochkalarini to`ldirilgan nusxalari bilan
birga ish va kartotekani markazlashtirilgan tarzda shakllantirish uchun
ijrochilar va Agentlik xodimlari tomonidan fuqarolar takliflari,
arizalari va shikoyatlari ustidan nazorat qilish uchun mas`ul bo`lgan
yoki ular yuzasidan ish yuritishni olib boradigan mansabdor shaxslarga
qaytariladi. Uzil-kesil hal kilinib, ijro etilganidan keyingi har
bir taklif, ariza, shikoyatga mazkur murojaatni nazoratdan chiqarish
to`g`risida qaror qabul qilgan mansabdor shaxs imzo qo`yadi. Fuqarolarning
takliflari, arizalari va shikoyatlari, ularga javoblarning nusxalari
hamda ularni hal etish bilan bog`liq hujjatlar tasdiqlangan
nomenklaturasiga muvofiq delolarga jamlanadi. Agentlik va uning
hududiy bo`limlari fuqarolarning takliflari, arizalari va
shikoyatlarini ma`lumot maqsadida hamda boshqa maqsadlarda saqlashni va
foydalanishni amalga oshiradilar. Fuqarolar murojaatlarining
saqlanishi uchun Agentlik va uning hududiy bo`limlari rahbarlari,
shuningdek ushbu toifadagi hujjatlar bilan ishlovchi mansabdor shaxslar
mas`uldirlar. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari
bo`yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilangan tartibda
tasdiqlangan hujjatlar ro`yxatlari bilan o`rnatiladi. Odatda fuqarolar
takliflari, arizalari, shikoyatlari va ularni ko`rib chiqish hamda hal
etish bilan bog`liq hujjatlarni saqlashning besh yillik muddati
belgilanadi. Ekspert komissiyalarining fuqarolar takliflari,
arizalari va shikoyatlari bo`yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini
uzaytirish hamda saqlash to`g`risidagi qarori albatta Agentlik
rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Doimiy, shuningdek,
vaqtincha (10 yildan ortiq) saklanishi kerak bo`lgan delolar yuzasidan
ish yuritish tugallanganidan keyin bir yil o`tgach arxivga topshiriladi. Fuqarolar
takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha hujjatlarni saqlashning
belgilangan muddati tugagandan keyin ular O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi arxiv Bosh boshqarmasi belgilagan
tartibda yo`q qilinadi.
Aloqa qilish uchun ma`lumotlar Fuqarolar
shikoyatlar va boshqa murojaatlar bilan O`zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentligiga quyidagi manzil bo`yicha murojaat qilishlari
mumkin: 100128. Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko`chasi, 3-uy. Telefon: 241-72-03, Faks: 241-72-01, elektron pochta: info@uzaart.uz
Fuqarolarning murojaatlari uchun mas`ul shaxs: Shorahmetov Ilhom Shavkatovich — Agentlik Apparati rahbari. Telefon: 241-91-80. Faks: 241-72-01, elektron pochta: i.shorahmetov@uzaart.uz
_____________________________
Yangilangan sana: 12.10.2011 17:10
|
|