TAYYORLOV VA QAYTA TAYYORLOV DASTURLARI
Agar avtomobil yo`nalishida oliy yoki o`rta maxsus kasb-hunar ma`lumoti to`g`risida diplom mavjud bo`lmasa, yo`lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari yoki yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan xususiy tadbirkorlar maxsus o`quv kurslarida Agentlik tasdiqlagan dastur bo`yicha qayta tayyorlab, malakaviy imtihon topshirilganidan keyin beriladigan kasbga layoqat to`g`risida hujjatga ega bo`lishlari kerak. Yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbari, tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo`lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbarining o`rinbosari va tashishlar xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha mutaxassis sifatida qayta tayyorgarlikdan o`tish uchun oliy yoki o`rta maxsus kasb-hunar ma`lumotiga ega bo`lgan shaxslar qo`yiladi. Hozirgi paytda yuridik shaxslarning rahbarlar tarkibini qayta tayyorlash va tashishlar xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha xodimlarning malakasini oshirish bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qoshida tashkil etilgan "Avtodaryotrans-Ilm" Davlat ilmiy-metodik markazi shug`ullanadi.
"Avtodaryotrans-Ilm" DIMMda avtomobil transporti sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun quyidagi o`quv dasturlari ishlab chiqilgan:
• Yuridik shaxslarning rahbarlarini qayta tayyorlash va yo`l harakati xavfsizliga mas`ul xodimlari malakasini oshirish Dasturi
• Haydovchi kadrlarni tayyorlash Dasturi
• Haydovchi kadrlarni qayta tayyorlash Dasturi
Mazkur o`quv dasturlari haydovchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi mulkiy va tashkiliy shaklidan qat`iy nazar barcha o`quv muassasalari uchun majburiydir. Ushbu o`quv dasturlarini olish yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: 244-24-68, 278-23-34.
_____________________________
Yangilangan sana: 08.10.2008 14:36
|