rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOTRANSPORT  YANGILIKLARI

Nukusda transport xizmati yaxshilanmoqda

04.03.2010 / 317 marta o`qilgan

Nukus shahridagi "Sanjar" ko`p tarmoqli xususiy firmasi tomonidan o`z mablag`lari hisobidan sotib olingan yetti dona "Damas" rusumli avtomobillar Qo`ng`irot shahridagi "Avtoboshbekat - Jana talap elati" yo`nalishli taksi yo`nalishiga chiqarildi.

Albatta, bu Respublikamizda avtotransport xizmati bozorida sog`lom raqobat muhiti yaratilganligi, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha tashuvchilarning sohaga o`z sarmoyalarini tikishlari uchun qulay imkoniyat mavjudligi tufayli erishilayotgan yutuqlardan biridir. Zero, har qanday mulkdor o`z mablag`larini biron joyga tikar ekan, avvalo undan kelajakda to`siqsiz foydalanilishiga, qolaversa, ertaga o`zi bilan daromad yetaklab kelishiga ko`zi yetishi kerak. Aks holda u bu ishga aslo tavakkal qilmaydi.

"Sanjar" KTXF kabi o`z sarmoyalarini avtotransport sohasiga tikayotganlar esa Qoraqalpog`iston Respublikasida, xususan Nukus shahrida keyingi paytda ancha ko`paydi. Buni birgina 2010 yilning o`tgan ikki oyi davomida xarid qilingan avtoulovlardan ham  bilib olsa bo`ladi. Ayniqsa, "Matiz" rusumli avtomobillarni xarid qilib yengil taksi yo`nalishiga chiqarishda firmalar kimo`zarga o`ynamoqdalar. Masalan,  Nukus shahridagi "Berdan Trans" MCHJ yettita,  "Rostrans Nukus" MCHJ o`n yettita,   "Asad Trans Nukus" MCHJ  yigirma ikkita,  "Magniy-Trans" MCHJ  o`nta  "Matiz" avtomobillarini sotib oldi. Ularning ayrimlari buning uchun o`z mablag`larini ishga solgan bo`lsalar, ayrimlari hatto banklardan olingan kredit mablag`laridan ham foydalandilar. Bu esa alaloqibat avtomobillarda yo`lovchi tashish xizmati sifatini yaxshilashga hissa qo`shmoqda.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM