rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


YANGILIKLAR

Bitiruvchilar e`tiborda

25.02.2010 / 350 marta o`qilgan

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Samarqand  hududiy bo`limida viloyatdagi transport kollejlarining 2009-2010 o`quv yili  bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash masalasiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.Unda transport sohasiga ixtisoslashgan  oltita   kollej hamda avtotransport faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv viloyat hokimligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining amaliyotlarni o`tashlarini hamda bitiruvchilarning ish bilan bandligigini  ta`minlashga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi doirasida o`tkazildi. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, viloyat hokimligi qoshida qator  tashkilot va muassasalar rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan bo`lib, bu boradagi ishlar aynan mana shu komissiya orqali muvofiqlashtirib turilibdi.

Agentlik hududiy bo`limida o`tkazilgan davra suhbatida biriruvchilarning ish bilan ta`minlanishi borasidagi muammolar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, o`tgan o`quv yilida viloyatdagi transport kollejlari 1550 nafar mutaxassisga diplom berganligi va ularning 74 foizi ish bilan ta`minlanganligi dalil sifatida ta`kidlanib, joriy o`quv yili bitiruvchilari soni ham bundan kam bo`lmasligi, demak, ish o`rinlari yaratishda bu raqamlarni albatta inobatga olish lozimligiga e`tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirda so`zga chiqqan Jomboy transport kolleji direktori I.Negmatov bitiruvchilarning amaliy ko`nikmalarini mustahkamlash maqsadida iloji boricha "SamAvto" avtomobil zavodida o`quv seminarlari tashkil qilish taklifini bergan bo`lsa, Samarqand avtomobil va yo`llar kasb-hunar kolleji direktori U.Tangirov amaliyotlarni o`tkazish borasida kollejlar va yirik avtokorxonalar o`rtasida sherikchilik shartnomalari tuzish zarurligini ta`kidladi.

Umuman, tadbirda bitiruvchilarni ish bilan ta`minlash masalasining yechimi bitiruvchilar, ularning ota-onalari, kollej jamoasi va ish beruvchilarning birgalikdagi sa`y-harakati natijasidagina topilishi mumkinligi e`tirof etildi. Shundan kelib chiqib va boshqa fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda bitiruvchilarni ishga jalb qilish chora-tadbirlari belgilab olindi. Shuningdek, har bir kollejlarga otaliq korxonalari biriktirilib, kelajakda ushbu korxonalar mutasaddilari bilan bitiruvchilar ota-onalari ishtirokida uchrashuvlar o`tkazilishi  ham rejalashtirildi.

Davra suhbatini O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand  hududiy bo`limi boshlig`i I.Hamrayev olib bordi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM