rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


YANGILIKLAR

Kun tartibida - harakat xavfsizligi

23.02.2010 / 323 marta o`qilgan

Kecha Qashkadaryo viloyat hokimligida yo`l harakati xavfsizligi komissiyasining 2009 yil ish yakunlari va 2010 yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda yo`l harakati xavfsizligi bo`yicha viloyat komissiyasi a`zolari, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Qashqadaryo hududiy bo`limi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi va tumanlar yo`l harakati xavfsizligi bo`limlari, "Qashqadaryoavtoyo`l" tashkiloti va tumanlar yo`l bo`linmalari, shahar yo`lovchi tashish transporti boshqarmasi, xalq ta`limi boshqarmasi vakillari, viloyatdagi avtotransport faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalarning rahbarlari va yo`l harakati xavfsizligi bo`yicha muhandislari, tumanlar hokimliklaridagi yo`l harakati xavfsizligi komissiyalari raislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Kun tartibiga ko`ra yig`ilishda asosan tegishli idoralarning yo`l harakati xavfsizligi bo`yicha mas`ul xodimlari hisobotlari eshitilib, tanqidiy nuqtai nazardan muhokama qilindi. Harakat xavfsizligini ta`minlash, ayniqsa yo`lovchi tashishdek mas`uliyatli vazifani ado etish davomida harakat xavfsizligi talablariga qat`iy rioya etilishini nazorat qilish borasida erishilgan yutuqlar va yo`l qo`yilayotgan ayrim xato-kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, bu boradagi hamisha birdek dolzarb va muhim bo`lgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan takliflar o`rganilib, 2010 yil uchun harakat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi tasdiqlandi va uning bajarilishi yuzasidan mas`ul idoralar va shaxslar tayinlandi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM