rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


YANGILIKLAR

Qo`shrabotda transport xizmati takomillashmoqda

23.08.2010 / 372 marta o`qilgan

Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanidagi uchta avtokorxona tomonidan yo`lovchilarga transport xizmati ko`rsatilayotgan yo`nalishlar soni 15 gata yetdi. Bugun birgina shaharlararo yo`nalishlarda 80 dan ziyod yengil mashina, 30 ga yaqin mittiavtobus va o`nlab avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilgan.

Mustaqillik tufayli yurtimiz dunyodagi avtomobilsozlik sanoati rivojlanayotgan sanoqli mamlakatlar qatoriga qo`shilgani avtotransport sohasidagi muammolarimizni ham o`z ulovlarimiz hisobiga yechish imkonini berdi. Zero, bugun yurtimizning xohlagan burchagida Asaka va Samarqand avtomobil' zavodlarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yengil mashinalar va avtobuslar yo`lovchilarning uzog`ini yaqin qilmoqda. Jumladan, Qo`shrabotning har bir ko`chasida ham "Lasetti", "Neksiya", "Matiz", "Damas" kabi yengil mashinalarni va Samarqand avtomobil' zavodi avtobuslarini uchratish mumkin. Ayni paytda ular nafaqat tuman ichki yo`nalishlarida, balki, Samarqand, Toshkent shaharlariga va qo`shni viloyatlarga eltuvchi yo`nalishlarda ham qatnab, yo`lovchilarga yuqori sifatli transport xizmati ko`rsatmoqda.

- Qariyb ellik yildan buyon Samarqandga qatnab, bugungidek imkoniyatga ega bo`lmaganmiz, - deydi qo`shrabotlik Boltaboy Mamarasulov. - Toshkent yoki Samarqandga bormoqchi bo`lsak, birinchi bo`lib xayolimizga "avtobusga ulguramanmi, joy bo`ladimi", degan o`y kelardi. Tong yorishmasdan ko`chaga chiqib, o`tgan mashinaga qo`l siltab, ovora bo`lardik. Transport vositalarining eskiligi tufayli Samarqandgacha ikki yarim-uch soat yo`l yurardik, yo`lovchilar uchun yetarli sharoit yo`qligi bois bu har qanday odamning tinkasi qurirdi.

Bugun ahvol umuman boshqacha. Istagan vaqtda yo`lga chiqib, xohlagan manzilga bemalol yetib olish mumkin. Hatto uyda o`tirib ham mashina chaqirsangiz, bir zumda yetib keladi. Zamonaviy avtobuslarimiz ham bir soat o`tar-o`tmay "Qo`shrabot-Samarqand" yo`lini bosib o`tib, manzilimizga eson-omon yetkazmoqda. Bundan tashqari, o`nlab mittiavtobuslar aholi xizmatida.

- Quvkalla qishlog`imizdan Samarqand shahrigacha bo`lgan masofa 130 kilometrdan ziyodroq, - deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Jamshid Tuliyev O`zA muxbiriga. - Har kuni Samarqand shahriga avtobus muntazam qatnab turibdi. Yo`l haqi ham ancha arzon. Bu, ayniqsa, biz talabalar uchun juda qulay.

Tuman markazidagi bosh avtobekatda bugungi kunda katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, haydovchilar va yo`lovchilar uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Xizmat ko`rsatish va servis shaxobchalari bunyod etilmoqda. Bularning barchasi yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish barobarida hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, qo`shimcha ish o`rinlari yaratish va, eng muhimi, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM