rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOMOBIL XIZMATLARU KO`RSATISH TARTIBI

Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnika siyosatini o`tkazish yo`li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Avtomobil transportining davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish bo`yicha vakolat bergan davlat organi tomonidan, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tashuvchilarning xo`jalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yo`lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi.

Yo`lovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun tashish shartnomasida belgilangan haq olinadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq avtomobilda tashishlarning ayrim turlari uchun davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan tartibga soluvchi tariflar belgilanishi mumkin. Tartibga soluvchi tariflar bo`yicha tashishlar munosabati bilan tashuvchilarning xarajatlarini qoplash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tashuvchilarning qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bog`liq xarajatlari davlat byudjeti mablag`lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.

Avtomobil transportida yo`lovchilar, bagaj va yuklarni temir yo`l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o`zaro hamkorlikda tashish yagona transport hujjatidan hamda shunday tashishni tashkil etish tartibidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan paytda yuzaga keladigan munosabatlar tashuvchilar o`rtasidagi bitim bilan tartibga solinadi

Aholiga avtotransport xizmati ko`rsatuvchi avtovokzallar va yo`lovchilar bekatlari qurish tashuvchilar, davlat byudjeti mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM