rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida seminar
12.08.2009 / 477 marta o`qilgan
2009 yilning 14-15 avgust kunlari O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida avtomobilda tashuvlarning xavfsizligini ta`minlash masalasiga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tadi.

Unda Agentlikning tegishli bo`limlari rahbar va mutaxassislari, barcha hududiy bo`limlar boshliqlari va mas`ul xodimlari ishtirok etadi. Shuningdek, seminarga O`zbekiston Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimiyatlari qoshidagi barcha turdagi yo`lovchi tashish transportlari faoliyatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari vakillari ham taklif etiladilar.

Tadbirda kun tartibiga ko`ra seminarning birinchi kuni quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi:
  • 2009 yilda avtomobil transporti  sohasida yo`l harakati xavfsizligini tashkil etish maqsadli Dasturi haqida (O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq vakolatlari doirasida).
  • Litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish. Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari.
  • Umumiy foydalanishdagi avtomobil tashuvlari bilan mashg`ul yuridik shaxslar xodimlari va xususiy tadbirkorlarga yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qo`yiladigan malakaviy talablar haqida.
  • Paxta mavsumiga avtotransport vositalarini tayyorlash jarayoni to`g`risida va boshqa masalalar.
Tadbirning ikkinchi kuni asosan savol-javoblar va muzokaralar tarzida o`tkaziladi va seminar ishi yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi.

Shuningdek, seminar doirasida Agentlik hududiy bo`limlari mas`ul xodimlari bilan suhbat o`tkazish va ularning faoliyatini baholash ishlari ham ko`zda tutilgan.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM