2008 yilning 3-4 dekabr kunlari O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi majlislar zalida avtomobil transporti sohasini tartibga solish va sohada davlat boshqaruvini amalga oshirishning ayrim jihatlariga bag`ishlangan seminar- kengash bo`lib o`tadi.
Seminar- kengashga O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining barcha bo`lim va xizmatlari, hududiy bo`limlar rahbarlari, shuningdek, hududiy bo`limlarning tenderlarni o`tkazish, litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tashuvlar xavfsizligini tashkil etish sektori hamda litsenziyalash va buxgalteriya hisobi sektori mudirlari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari qoshidagi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari boshliqlari, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va Respublika OAV vakillari taklif etilgan.
Seminar- kengash kun tartibidan quyidagi masalalar o`rin olgan:
- Yo`lovchi tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish, yo`nalishlar, avtoshohbekatlar va avtoboshbekatlarga pasport berish, qishloq joylarda avtomobil transportining ishi to`g`risida.
- Litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish doirasida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari, haydovchilarning kunlik reysoldi tibbiy, avtotransport vositalarining texnik ko`rikdan o`tkazilishi ahvoli to`g`risida. Korxonalarda o`tkazilayotgan tekshiruvlar, litsenziyalarni to`xtatib turish, to`xtatish va bekor qilish masalalari.
- Davlat standartlari, texnik talablar va qoidalardan tashkil topgan ma`lumotlar bazasini o`z ichiga olgan Avtomobil transporti faoliyatini amalga oshirishga taalluqli me`yoriy-huquqiy baza to`g`risida.








