rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


Tokiolik tadqiqotchilar bilan uchrashuv
25.09.2009 / 469 marta o`qilgan
Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Tokio Texnologiyalar institutining professor Sh.Xonaoka boshchiligidagi Xanaoka tadqiqot guruhining ish jadvaliga ko`ra 28 sentyabr kuni mehmonlarning O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan uchrashuvi ko`zda tutilgan.

Dengizga to`g`ridan-to`g`ri chiqish imkoniyati bo`lmagan mamlakatlarda xalqaro yuk tashuvlarida xavfsizlikni ta`minlash va transport xavf-xatarlarini o`rganish bo`yicha tadqiqot olib borayotgan mazkur tadqiqot guruhining navbatdagi tadqiqot ob`ekti sifatida O`zbekistonni tanlagani bejiz emas, albatta. Zero, respublikada tashilayotgan eksport-import va tranzit yuklari hajmi yil sayin oshib bormoqda. Shu bois tadqiqotchilar o`z tashriflari davomida temiryo`l va avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari jarayonida xavfsizlikning ta`minlanishi masalalarini o`rganish va bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishni rejalashtirgan.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM